General
Biologiya - quyi bosqich
![]() |
|
Xozirgacha ushbu kursda videodarslar yuklanmagan
Golland olimi 2 kg li tol ko'chatini 80 kg tuproq solingan bochkaga o'tqazib besh yil mobaynida yomg'ir suvi yoki distillangan suv bilan sug'organ. Besh yil o'tgach tol 60 kg ga yetib, bochkadagi tuproq esa 79, 943 kg bo'lib qoldi. Binobarin 5 yil mobaynida tol og'irligi 58 kg ortgach, bochkadagi tuproq og'irligi esa atigi 57 g kamaydi. Qayd qilingan tajribadagi o'simlikning bo'yiga o'sishi, og'irligining ortishi nima hisobiga yuz bergan?
Halqali chuvalchanglarning qadimgi erkin yashovchi yassi chuvalchanglardan kelib chiqqanligi isbotlang?
Maʼlum bir oqsil boʻlagida 41 ta peptid bogʻ mavjud. Shu oqsil haqida axborot saqlovchi DNK dagi 3-, 6-, 7- juft nukleotidlar deletsiyaga uchradi. Shundan soʻng hosil boʻlgan oqsildagi aminokislotalar sonini toping.
Maʼlum bir oqsil boʻlagida 37 ta peptid bogʻ mavjud. Shu oqsil haqida axborot saqlovchi DNK dagi 2-, 6-, 9- juft nukleotidlar inversiyaga uchradi. Shundan soʻng hosil boʻlgan oqsildagi aminokislotalar sonini toping.
Chumolilarning qanday turlari bor va ular haqida ma`lumot bering?
Mimika muskullariga nimalar kiradi va ularning boshqa muskullardan qanday farqi bor?
Maʼlum bir oqsil boʻlagida 41 ta peptid bogʻ mavjud. Shu oqsil haqida axborot saqlovchi DNK dagi 3-, 6-, 7- juft nukleotidlar duplikatsiyaga uchradi. Shundan soʻng hosil boʻlgan oqsildagi aminokislotalar sonini toping.
Odam OITS kasalligi bilan kasallanganda qanday belgilar yuzaga keladi?
Nomaʼlum sondagi nuleotidlarga ega boʼlgan DNK fragmentidan i-RNK sintezlandi va undan aminokislotalar hosil boʼldi. Peptid zanjirini hosil qiluvchi ribosoma 49 marta xatoga yoʼl qoʼydi natijada hosil boʼlgan uzuq yuluq peptid zanjiridagi peptid bogʼlar soni va dastlabki DNK fragmentidagi nukleotidlar soni 1:9 nisbat vujudga keldi, i-RNK dan nechta aminokislota sintezlangan.
Maksimal va minimal qon bosim nima va u qanday yuzaga keladi?
Odam nafas olishni qaysi nerv boshqaradi va oliy nerv markazlari qayerda joylashganini ayting?
DNK qo'sh zanjiri tarkibidagi A va T nukleotidlari S nukleotidlari dan 480 taga ko'p. DNK dagi H bog'lar va shu DNK dan sintezlangan oqsil tarkibidagi peptid bog'lar soni yig'indisi 703 ga teng bo'lsa, DNK fragmentini uzunligini aniqlang.
t-RNK «beda bargi» ikkilamchi strukturasi uchlari tuzilishini tushintiring.
Ko'k kaptar tinch turganda bir daqiqada 26 marta, uchganda esa 400 marta nafas oladi. Nafas olishdagi bunday farqni qanday tushunish mumkin?