Biologiya - o'rta bosqich
Mavzular sarlavhalari
-
- Etakchi o'quvchilar ro'yhati
Etakchi o'quvchilar ro'yhati
- Aziz Ilhomov
- Yunusbek Sotiboldiev
- Artyom Sergeev
- Ravshat Ollayorov
- Sherzod Usmonov
- Videodarslar
- I tur masalalari
I tur masalalari
Taqqoslash va kuzatish usuli yordamida nimalarga asos solingan va ularni asoslang?
Biosferada hayot molekula darajasining asosiy roli nimalardan iborat ekanligini tushuntiring?
- Kungaboqarning somatik hujayrasidagi xromasomalar soni olchaning somatik hujayrasidagi xromasomalar sonidan 2 taga koʼp. Kungaboqarning savatchasida 442 ta urugʼ hosil bolgan bolsa, urug` hosil qilishda qatnashgan mikrosporadagi xromosomalar sonini toping.
- Diploid navli bugʼdoyning 96ta birlamchi jinsiy hujayrasidan hosil boʼlgan spermilarning maʼlum qismi urugʼlanishda qatnashdi.Urugʼlanishda qatnashmagan spermilardagi xromasomalar soni, urugʼlanishda qatnashgan spermiylardagi xromasomalar sonidan 2688taga koʼp boʼlsa, urugʼlanishda qatnashgan jami spermilar sonini aniqlang.
Agar o‘simlikda hosil bo‘lgan mikrosporalarning 40 % dan chang hosil bo‘lgan hamda changing 50 % i urug‘lanishda qatnashgan bo‘lsa, 160 ta urug‘ hosil bo‘lgan bo‘lsa, bu jarayonda ishtirok etgan changchidagi birlamchi jinsiy hujayralar soni?
- II tur masalalari
II tur masalalari
- O`simliklarning tabiatdagi ahamiyati nimalardan iborat va ularni asoslang?
- E.Chargaff qoidasini tushuntiring.
- Asalari va tut ipak qurti jami 250 ta tuxum qo'ydi. Asalarilarning 20 % tuxumlaridan erkakk, tut ipak qurtining 50 % tuxumlaridan urg'ochi organizmlar rivojlandi. Natijada 155 ta XX karitipli organizmlar paydo bo'ldi. Urug'lanishda qatnashgan spermatazoidlar sonini aniqlang.
- Asalari va tut ipak qurti jami 250 ta tuxum qo'ydi. Asalarilarning 20 % tuxumlaridan erkakk, tut ipak qurtining 50 % tuxumlaridan urg'ochi organizmlar rivojlandi. Natijada 155 ta XX karitipli organizmlar paydo bo'ldi. Urug'lanishda qatnashgan spermatazoidlar sonini aniqlang.
- Ekologik piramida qoidasiga koʻra oziq darajalarida moddalar va energiya progressiv kamaya boradi. Yani bir darajadan ikkinchi darajaga oʻtganda energiyaning va moddaning miqdori taxminan 10 barobarga kamayadi. Bunda oziq zanjirning 10 % ini tana tuzilishiga 90 % i organizm hayot faoliyatini taminlashga sarflanadi.
- III tur masalalari
III tur masalalari
Pleyotropiyada jingalak patli tovuqlarida patlari tanasiga yopishib turmaydi, ko`pincha sinib ketadi.Bu qanday oqibatlarga olib keladi.
Fenotipik o`zgaruvchanlik qaysi hususiyatlar bilan xarakterlanadi?
Suv havzalaridagi oziq zanjirni tipik misolida ekologik piramidagi barcha organizmni massasi 55550 kg bo`lsa u holda uni necha % ini mayda baliq tashkil qiladi?
Suv havzalaridagi oziq zanjirni tipik misolida ekologik piramidagi yirik baliqni tana massasini 35 % ini muskull tashkil qilib muskullarini ogʼirligi 105 kg tashkil qilsa u holda shu piramidagi zooplanktonni 60 % dagi oʼgʼirligi aniqlang.
Ekologik piramidada lochin→kaltakesak→chigirtka va bugʼdoy boʼlib, shu piramidada lochinni massasi 8 kg boʼlsa u holda oziq zanjirdagi hayvonlarni barcha hayotiy jarayonlari uchun sarf boʼlgan oziqni umumiy massasini toping.
- IV tur masalalari
IV tur masalalari
T.Morgan irsiyatning xromosoma nazariyasini qoidalari nimalardan iborat?
Yomg'ir chuvalchangi bir yilda 250 tonna tuproqni qayta ishlaydi. Bir kunda, bir oyda qancha tuproqni qayta ishlashi mumkin?
Suv havzalaridagi oziq zanjirni tipik misolida ekologik piramidagi konsumentlarni 36 % dagi og`irlik 12 t tashkil qilsa u holda shu piramidadagi avtotrof organizmni necha foizi 90 tonnani tashkil qiladi?
Shaftolining somatik hujayrasida olchaning gaploid holdagi xromasomasiga nisbatan 2 barobar koʻp xromasoma mavjud. Meyozning anafaza I bosqichida har bir qutbga nechta xromasoma tarqaladi?
Daun sindromi bilan tugʻilgan oʻgʻil bolaning somatik hujayrasida mitozning profaza bosqichida autosoma (a) va jami xromatidalari (b) sonini aniqlang.
- Masalalarni echilish namunalari
- Boshqa kurslar