General
Fizika - quyi bosqich
![]() |
|
Xozirgacha ushbu kursda videodarslar yuklanmagan
Avtomobil yo‘lning birinchi qismini (30 km) 15 m/s o‘zgarmas tezlik bilan bosib o‘tdi. Qolgan qismini (40 km) 1 soat davomida bosib o‘tdi. Butun yo‘l davomida avtomobilning o‘rtacha tezligi qanday bo‘lgan? Yo‘lning ikkinchi qismida o‘rtacha tezlik nimaga teng?
Avtomobil yo‘lning birinchi qismini (30 km) 15 m/s o‘zgarmas tezlik bilan bosib o‘tdi. Qolgan qismini (40 km) 1 soat davomida bosib o‘tdi. Butun yo‘l davomida avtomobilning o‘rtacha tezligi qanday bo‘lgan? Yo‘lning ikkinchi qismida o‘rtacha tezlik nimaga teng?
Agar prujinaning bikrligi 400 N/m bo‘lsa, u 10 sm ga siqilganda hosil bo‘ladigan elastiklik kuchi topilsin.
Quyidagi tezliklarni m/s larda ifodalang: 90 km/soat, 36 km/soat, 54 km/soat, 108 km/soat, 158,4 km/soat, 45 m/min.
Samolyot parragining aylanish chastotasi 1500 ayl/min. Ushbu samolyot 180 km/soat tezlik bilan 90 km yo‘lni o‘tganda parrak qancha marta aylanadi?
Lokomotivning tezligi 0,5 km masofada 18 km/soat dan 36 km/soatga yetishi uchun u qanday tezlanish bilan harakat qilishi kerak?
Poezd 72 km/soat tezlik bilan harakatlanmoqda. Uni m/s orqali ifodalang.
Agar prujinaning bikligi 1000 N/m bo‘lsa, unga massasi 200 g bo‘lgan yuk osilganda vujudga keluvchi prujina cho‘zilishi topilsin.
Velosipedchi 900 m masofani 30 min davomida bosib o‘tdi. Velosipedchining o‘rtacha tezligini m/s da aniqlang.
Qog‘oz varaqining yuzasi S = 620 sm2 ga teng. Pachkasining qalingligi h = 0,50 dm. Agar varaqlar soni N = 1000 bo‘lsa, bitta varaqning hajmini (sm3) aniqlang.
Agar jism erkin tushishining oxirgi sekundida 75 m yo‘l o‘tgan bo‘lsa, u qanday balandlikdan tushgan?
Yog‘ tomchisi suv sirtiga oqib tushib, 300 sm2 yuzani egalladi. Yog‘ qatlamining qalingligi yog‘ molekulasining diametriga teng deb hisoblab, bu diametrni aniqlang. Yog‘ tomchisining hajmi 0,003 mm³.
Tezligi 54 km/soat bo‘lgan poezdning derazasi oldida turgan yo‘lovchi yonidan o‘tayotgan, tezligi 36 km/soat va uzunligi 150 m bo‘lgan qarama - qarshi yo‘nalishda kelayotgan poezdni qancha vaqt davomida ko‘rib turadi?
Jism suyuqlikda 3/8 qismi botgan holda suzmoqda. Shar hajmi 400 sm3 ga teng. Suyuqlik zichligi jism zichligidan ikki marta katta. Jism ichidagi bo‘shliqning hajmini toping.
Og‘irligi
120 N bo‘lgan jismning massasini aniqlang.
Hajmi 200 sm2 bo‘lgan alyuminiy brusokning og‘irligini
aniqlang.
Agar
prujinaning bikrligi 1000 N/m bo‘lsa, unga massasi 200 g bo‘lgan yuk osilganda
vujudga keluvchi prujina cho‘zilishi topilsin.
Tarelkaga 10,8 g suv solingan. Ma’lumki, 3 g suvda 1023 ta molekula bor. Bir sekunda
suv sirtidan 1019 ta molekula bug‘lansa, qancha vaqtdan keyin
tarelkadagi hamma suv to‘liq bug‘lanadi? Bug‘lanish tezligi doimiy deb hisoblanilsin.
Massasi 70 kg bo‘lgan odam yelkasida massasi 20 kg bo‘lgan qopni ushlab
turibdi. Odam Yerni qanday kuch bilan bosadi?