Masala 4

Ikki tomoni ham berk va ideal gaz bilan to‘ldirilgan silindr ichida, massasi m va  yuzasi S bo‘lgan porshen joylashgan. Muvozanat holatda porshen silindrni har birinig hajmi Vo bo‘lgan teng ikki qismga bo‘ladi. Gaz bosimi po. Porshenni muvozant holatidan ozgina siljitilgan va qo‘yib yuborilgan. Gazdagi jarayon izotermik va tebranish kichik deb hisoblab, tebranish chastotasini toping. Ishqalanish hisobga olinmasin.